8-oktyabr kuni Toshkentda o‘n yildan ortiq vaqt davomida Detroyt tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish bilan shug‘ullanib kelayotgan Medvis Jekson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Uning professional tajribasi Motor City Match, The Digilogue va Crain’s Detroit Business kabi loyihalar bilan bog‘liq.

Spiker Detroit Economic Growth Corporation tashkiloti xalqaro kompaniyalarning AQSh bozoriga chiqishiga qanday yordam berishi haqida so‘zlab beradi. Ishtirokchilar biznesni sinov tariqasida ishga tushirish, masshtablashtirish, moliyalashtirishni jalb etish hamda oflayn biznes uchun tijorat binolarini topish yondashuvlari bilan tanishadilar.

Uchrashuv yakunida savol-javob sessiyasi hamda netvorking o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Qatnashish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim.