Joriy yilning 9−11-dekabr kunlari Toshkent shahrida zamonaviy sanoat yechimlari va texnologik ishlanmalarga bag‘ishlangan Innovatsion materiallar va texnologiyalar (IMTEX 2026) xalqaro forumi o‘tkaziladi.

Forum doirasida ko‘rgazma, biznes dasturi hamda B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar yangi materiallar, uskunalar va ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tanishish, sohadagi trendlarni muhokama qilish hamda ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ekspozitsiya kompozit materiallar, polimerlar, kimyo sanoati, lok-bo‘yoq qoplamalari, texnik to‘qimachilik, robototexnika, uchuvchisiz tizimlar, ekologik texnologiyalar va boshqa sanoat yechimlari kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.