20−25-dekabr kunlari o‘zbekistonlik tadbirkorlarning Jidda shahriga biznes missiyasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Unda 100 dan ortiq biznes vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Safarni tashkil etish masalalarini O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov hamda Jidda Savdo-sanoat palatasi bosh kotibi o‘rinbosari Bandar Ali Rizo muhokama qildilar.
Xususiy migratsiya, qurilish materiallari ishlab chiqarish, turizm va oziq-ovqat sanoati biznes missiyaning asosiy yo‘nalishlari bo‘ladi.
Safar doirasida tadbirkorlar saudiyalik hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish, tovar ayirboshlashni kengaytirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Jidda Qizil dengiz sohilidagi yirik savdo va logistika markazi hisoblanib, bu xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Ishtirok etish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 93 788 86 86 telefon raqami orqali olish mumkin.