31-oktyabr kuni Toshkentda biznes egalari, CEO va kompaniya rahbarlari uchun mo‘ljallangan “Biznes vazifalarini hal qilish va jamoani rivojlantirish uchun strategik sessiya” mavzusida ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda biznesni rivojlantirishda strategik sessiyalarning o‘rni, ularni boshqaruv vazifalarini hal qilish va jamoaviy ish samaradorligini oshirishda qo‘llash masalalari muhokama qilinadi.
Ishtirokchilar xodimlarni strategik rejalashtirishga jalb qilish, rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va strategik sessiyalarni mustaqil ravishda tashkil etishni o‘rganadilar.
Spiker sifatida 15 yildan ortiq tajribaga ega fasilitator va kompaniyalarni rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis Yekaterina Karmak so‘zga chiqadi. Uning portfoliosidan “Gazprom neft”, Sber, “Yandeks”, Ozon, MTS, Freedom Finance va boshqa kompaniyalar uchun o‘tkazilgan strategik va jamoaviy sessiyalar o‘rin olgan.
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.