Joriy yilning 29−31-oktyabr kunlari Koyan shahrida iste’mol tovarlari sohasida Janubiy Koreyaning eng yirik tadbirlaridan biri — G-FAIR KOREA 2026 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazma kosmetika va parfyumeriya, moda, uy va interyer buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda yuqori texnologiyalar sohalarida faoliyat yurituvchi 500 ga yaqin Koreya kompaniyasini bir joyga jamlaydi.
Dastur doirasida kompaniyalar o‘rtasida ishbilarmonlik uchrashuvlari, mahsulotlar taqdimoti hamda eksport va import masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ishtirokchilar uchun tashkilotchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘zda tutilgan. Bular jumlasiga aviachipta xarajatlarining bir qismini qoplash, uch kecha mehmonxonada yashash, transport xizmati, ikki kunlik tarjimon yordami va Janubiy Koreya bo‘ylab sayohat uchun maxsus turistik vaucher kiradi.
Arizalar 31-iyulgacha qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun tashkilotchilarning aloqa ma’lumotlari orqali ariza topshirish zarur: +998 93 319 90 83, akim0786m@gbcprime.com.