19-noyabr kuni Toshkentda FINNEXT Asia 2026 xalqaro moliyaviy innovatsiyalar forumining sug‘urta yo‘nalishi — INSUR Asia 2026 bo‘lib o‘tadi. Tadbirning asosiy mavzusi sug‘urta bozorini o‘zgartiruvchi texnologiyalar bo‘ladi.

Dastur uchta mavzuli sessiyadan iborat bo‘ladi. Ishtirokchilar sug‘urta bozorining raqamli infratuzilmasi, tartibga solish va yangi biznes-modellari, shuningdek, Markaziy Osiyo va Rossiya bozorlarini integratsiyalash imkoniyatlarini muhokama qiladilar.

Alohida muhokamalar anderrayting va zararlarni tartibga solishni avtomatlashtirish, sun’iy intellekt, computer vision va firibgarlikka qarshi tizimlarni qo‘llashga bag‘ishlanadi. Shuningdek, ekspertlar embedded insurance, raqamli hayot sug‘urtasi, shaxsiylashtirilgan mahsulotlar va takafulni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqadilar.

Ma’ruzachilar orasida Hayot Invest Insurance, BIMA Insurance, “PARI”, Everia Life, “Yugoriya”, Dariger Online va Mains Insurance Brokers & Consultants vakillari bor.

Ishtirok etish uchun tadbir saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.