19-noyabr kuni Toshkentda FINNEXT Asia 2026 uchinchi xalqaro moliyaviy innovatsiyalar forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston hamda Yevropa va Osiyoning boshqa mamlakatlaridan banklar, to‘lov tashkilotlari, fintech, telekommunikatsiya va IT kompaniyalari vakillarini birlashtiradi.
Dastur markazida Markaziy Osiyo moliya sektorini rivojlantirishning 2026−2027-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi joylashgan. Ishtirokchilar sun’iy intellekt va Big Data’ni skoring, antifrod va mijozlarga xizmat ko‘rsatishda qo‘llash, Open Banking, eTYC va biometriyani rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.
Alohida sessiyalar moliyaviy aktivlarni tokenlashtirish, raqamli valyutalar, investitsiyalar va M&A, venchur kapitali, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish vositalari hamda mintaqaviy fintech kompaniyalarining xalqaro kapital bozorlariga chiqish istiqbollariga bag‘ishlanadi.
Ishtirok etish uchun FINNEXT Asia 2026 rasmiy veb-saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim.