21−22-noyabr kunlari Toshkentda moliyaviy texnologiyalar sohasida innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan ikki kunlik FinTech Hackathon 2026 xakatoni bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent shahridagi Inha universiteti, United Ventures hamda O‘zbekiston Milliy banki tomonidan tashkil etilmoqda.
Ishtirokchilar yakka tartibda ishlashi yoki ikki nafardan besh nafargacha bo‘lgan jamoalarga birlashishi mumkin. Ular 48 soat ichida texnologik yechim ishlab chiqib, uni yakuniy taqdimotda namoyish etishlari kerak bo‘ladi.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 50 mln so‘mni tashkil etadi. G‘olib 25 mln so‘m, ikkinchi o‘rinni egallagan jamoa 15 mln so‘m, uchinchi o‘rin sohiblari esa 10 mln so‘mni qo‘lga kiritadi.
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.