27-noyabr kuni Toshkentda O‘zbekistonda korporativ ta’limni rivojlantirish va iste’dodlarni boshqarishga bag‘ishlangan Uzbekistan Talent Forum konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Birinchi forum mavzusi — “Korporativ ta’lim: dasturlardan tizim sari. Strategiya, madaniyat va L&D vositalari: xalqaro amaliyot hamda O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari tajribasi”.
Tadbir doirasida biznes vakillari va xalqaro ekspertlar kompaniya natijalariga ta’sir ko‘rsatadigan o‘qitish tizimini shakllantirish, xodimlarni rivojlantirishni korporativ madaniyatga integratsiya qilish va zamonaviy Learning & Development (L&D) vositalarini qo‘llash masalalarini muhokama qiladilar.
Spikerlar orasida:
- Vyacheslav Drigo — CBSD Global biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori;
- Sergey Ulitushkin — “YevroXim” iste’dodlarni rivojlantirish bo‘yicha direktori;
- Yekaterina Agandjanova — Balton Trading Asia CHRO‘si;
- Svetlana Galosheva — SQB ta’lim va rivojlantirish bo‘limi rahbari;
- ALPHA va OSNOVA rahbariyati vakillari.
Dastur, shuningdek, O‘zbekistonda korporativ ta’limni rivojlantirishga bag‘ishlangan panel munozarasi, kompaniyalarning amaliy keyslari tahlili va “Trenerlar uchun trening” mahorat darsini o‘z ichiga oladi.
Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.