21-noyabr kuni Toshkentda venchur investorlar ishtirokida startaplarni ommaviy tahlil qilishga bag‘ishlangan Startup Roast uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir doirasida loyiha asoschilari o‘z startaplarini ekspertlar hay’atiga taqdim etadilar, shundan so‘ng investorlar biznes-modellarni, bozor istiqbollarini, asosiy ko‘rsatkichlarni, jamoalar tarkibini hamda kelgusidagi o‘sishga to‘siq bo‘layotgan omillarni baholaydilar.

Format loyihalarning kuchli va zaif tomonlarini ochiq muhokama qilishni ko‘zda tutadi. Asoschilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr-mulohazalar olishlari, tomoshabinlar esa investorlar startaplarni baholashda nimalarga e’tibor qaratishini va moliyalashtirishdan nima sababga ko‘ra voz kechishini bilib olishlari mumkin.

Tomoshabinlar uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish ko‘zda tutilgan.