17-noyabr kuni Savdo-sanoat palatasi hamda Strategik islohotlar agentligi hamkorligida tashkil etilgan “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” tashabbusi doirasida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar biznes yuritishda duch kelinayotgan byurokratik to‘siqlar, jumladan, ortiqcha ma’muriy tartib-taomillar, hujjat aylanishi va asossiz talablarni muhokama qiladilar. Tadbirkorlar amaliy tajriba bilan bo‘lishishlari, mavjud muammolarni ko‘rsatib o‘tishlari va ma’muriy jarayonlarni soddalashtirish bo‘yicha takliflar bildirishlari mumkin.
Shuningdek, tadbir doirasida byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish ustida ishlash uchun yo‘lga qo‘yilgan maxsus platformaning taqdimoti o‘tkaziladi.
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998 94 252 78 38 yoki +998 90 358 14 00 telefon raqamlariga murojaat qilish lozim.