25-noyabr kuni Belgradda IT Park Uzbekistan tomonidan tashkil etilayotgan “Uzbekistan Outsourcing Conference 2026” bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya O‘zbekiston va Serbiya texnologik kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro hamkorlarni jalb qilish hamda mahalliy IT-sanoatning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Ishtirokchilar IT, biznes jarayonlari autsorsingi (BPO), global biznes xizmatlari (GBS), o‘yinlar yaratish (GameDev), moliyaviy texnologiyalar (FinTech) va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladilar.
Malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyati, xalqaro biznesni rivojlantirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, IT Park Uzbekistan vakillari rezidentlar uchun soliq imtiyozlari, jumladan, belgilangan shartlarga rioya qilingan taqdirda ayrim soliqlar bo‘yicha nol stavkalarni qo‘llash imkoniyati haqida so‘zlab beradilar.
Dasturdan ekspertlarning chiqishlari, amaliy keyslar tahlili, panel munozaralari va bo‘lajak hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar o‘rin olgan.
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.