23−24-dekabr kunlari Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning to‘qqizinchi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.
Forumning asosiy yo‘nalishlari:
- sanoat va ishlab chiqarish;
- qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati;
- to‘qimachilik va yengil sanoat;
- qurilish materiallari ishlab chiqarish;
- elektrotexnika va kimyo sanoati;
- mebelsozlik va charm-poyabzal sanoati;
- farmatsevtika;
- investitsiyalar va logistika.
Forum doirasida tadbirkorlar o‘z mahsulotlari hamda tijorat takliflarini taqdim etish, bo‘lajak hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish, yangi bozorlarga chiqish va savdo bitimlarini tuzish masalalarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998 93 186 11 43 telefon raqamiga murojaat qilish lozim.