14-noyabr kuni Toshkentda TASS Vision hammuassisi va bosh direktori (CEO) Shahzod Umrzoqov bilan “Kremniy vodiysidan bo‘lmagan startap bo‘la turib, G‘arb investitsiyalarini qanday jalb qilish mumkin” mavzusida biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi. Spiker xalqaro investitsiyalarni jalb qilish, texnologik loyihalarni rivojlantirish va biznesni O‘zbekistondan tashqarida kengaytirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Shahzod Umrzoqov — sun’iy intellekt sohasidagi seriyali tadbirkor, 500 Global akseleratori ishtirokchisi hamda President Tech Award 2024 tanlovi g‘olibi. Uning loyihalari qariyb 1,7−1,8 million dollar miqdorida investitsiya jalb qilgan. Tadbirkor o‘z faoliyatini O‘zbekistondagi 85 dan ortiq avtobusga o‘rnatilgan yo‘lovchilarni hisoblash datchiklarini ishlab chiqishdan boshlagan. Keyinchalik u sun’iy intellekt asosidagi riteyl-tahlil (retail analytics) yechimlarini rivojlantirishga e’tibor qaratdi.

Bugungi kunda TASS Vision texnologiyasidan 12 ta mamlakatdagi, jumladan Lotin Amerikasi va Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlaridagi 4 mingtacha do‘konda foydalanilmoqda.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar G‘arb kapitalini jalb qilish yondashuvlari, xalqaro investorlarning talablari hamda startaplarning xorijiy bozorlarga chiqish o‘ziga xosliklarini muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi.

Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.