10−15-noyabr kunlari O‘zbekiston tadbirkorlari uchun Qozog‘istonning Chimkent va Olmaota shaharlariga biznes-safar tashkil etiladi. Safardan ko‘zlangan maqsad ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, O‘zbekiston mahsulotlarini targ‘ib qilish va ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Dastur doirasida mahalliy kompaniyalar bilan B2B uchrashuvlar, mahsulot va xizmatlar taqdimotlari, bo‘lajak hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazish hamda ishbilarmonlik shartnomalarini tuzish imkoniyatlarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Ishtirokchilar Qozog‘iston bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va o‘z mahsulotlarini eksport qilish istiqbollarini ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Unda ishtirok etishga biznesning barcha sohalaridagi ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlar taklif etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun +998 91 668 66 00 va +998 94 699 09 96 telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin.