31-oktyabr kuni Toshkentda yirik chakana savdo tarmog‘i misolida biznes ko‘lamini kengaytirishga bag‘ishlangan Business Scaling mavzusida ProBusiness biznes-nonushtasi bo‘lib o‘tadi.
Spiker sifatida Korzinka supermarketlar tarmog‘ining direktorlar kengashi a’zosi Alisher Hoshimov so‘zga chiqadi. U kompaniyada 1999-yildan buyon faoliyat yuritadi va chakana savdo sohasida 25 yildan ortiq tajribaga ega.
Uchrashuvda qanday jarayonlar kompaniyalarning o‘sishiga yordam berishi, biznesni kengaytirishda boshqaruv tizimini qanday yo‘lga qo‘yish hamda rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tishda tadbirkorlar qanday qiyinchiliklarga duch kelishi muhokama qilinadi.
Biznes ko‘lamini kengaytirish sharoitida barqarorlik va operatsion samaradorlikni saqlab qolish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Ishtirokchilar spikerga savol berish va biznesni rivojlantirishning amaliy jihatlarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.