4-noyabr kuni Toshkentda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Polsha biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbir Polsha biznes delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida tashkil etiladi.
Delegatsiya tarkibidan yashil texnologiyalar, atrof-muhitni muhofaza qilish, IT, transport va logistika, tibbiyot, farmatsevtika hamda qurilish sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar o‘rin olgan. Shuningdek, mashinasozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va konsalting korxonalari ham ishtirok etadi.
Forum doirasida B2B muzokaralari rejalashtirilgan bo‘lib, ularda tadbirkorlar Polsha kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishi, savdo-iqtisodiy hamkorlik, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini muhokama qilishi mumkin bo‘ladi.
Ishtirok etish uchun +998 90 909 24 35 telefon raqami orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.