31-oktyabrdan 5-noyabrgacha Guanchjou, Dunxuan va Shenchjen shaharlariga tashrifni o‘z ichiga olgan Executive China Business Tour 2026 xalqaro biznes-missiyasi bo‘lib o‘tadi. Safar Biz Network, O‘zbekiston-Xitoy savdoni rivojlantirish uyushmasi hamda SM’s 5AM Club tomonidan tashkil etilmoqda.

Dastur Xitoy biznesi bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan tadbirkorlar, investorlar va kompaniya rahbarlari uchun mo‘ljallangan. Biznes-missiya doirasida ishtirokchilar Canton Fair xalqaro savdo ko‘rgazmasiga tashrif buyuradi, ishlab chiqaruvchilarning takliflari bilan tanishadi va Xitoy kompaniyalari vakillari bilan B2B muzokaralar o‘tkazadi.

Shuningdek, dasturdan korxonalarga tashrif buyurish, Shenchjen shahridagi zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar bilan tanishish, ishbilarmonlik kechki ovqatlari hamda netvorking uchrashuvlari o‘rin olgan.

Safar tadbirkorlarga yetkazib beruvchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish, Xitoy bozorini o‘rganish va qo‘shma loyihalar istiqbollarini muhokama qilish imkoniyatini beradi.

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 99 885 54 44, +998 99 819 54 44, +998 77 118 00 88 telefon raqamlari, shuningdek, Telegram yoki WhatsApp orqali +998 90 900 42 25 raqamidan olish mumkin.