30-oktyabr kuni Toshkentda biznes daromadliligini boshqarishga bag‘ishlangan ALPHA “Yunit-iqtisodiyot: nega aylanmaning o‘sishi doim ham foyda keltiravermaydi” nomli amaliy mahorat darsi bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilar bitta savdo va bitta mijoz iqtisodiyotini qanday hisoblash kerakligini, biznesni kengaytirishdan oldin qaysi ko‘rsatkichlarni inobatga olish lozimligini va nega tushumning ortishi har doim ham foydaning o‘sishiga olib kelmasligini tushunib oladilar.

Dasturdan Payme va TBC Uzbekistan kompaniyalarining real keyslari tahlili, ikkita biznes-masala ustida amaliy ishlash va shaxsiy loyihaning yunit-iqtisodiyotini hisoblash o‘rin olgan.

Spikerlar:

  • Stanislav Skvirskiy — Payme bosh direktori (CEO).
  • Vladislav Boychenko — mahsulot menejmenti sohasida sakkiz yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan yetakchi mahsulot menejeri (Lead Product Manager).

Mahorat darsidan so‘ng ishtirokchilarga shablon-kalkulyator, yunit-iqtisodiyotni hisoblash bo‘yicha yo‘riqnoma va biznesni baholash uchun 10 ta savoldan iborat chek-list taqdim etiladi.

Ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma’lumotni tashkilotchilardan olish mumkin.