24-oktyabr kuni Toshkentda Osnova va ALPHA tomonidan tashkil etilgan “Joriy etishdan jalb qilishgacha: TBC Uzbekistan L&D jamoasi tajribasi” mavzusida ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tadi. Tadbir ta’limni boshqarish tizimlarini (LMS) joriy etish va ularni korporativ madaniyatga integratsiya qilishga bag‘ishlangan.
TBC Uzbekistan mutaxassislari Moodle platformasidan Motivity platformasiga o‘tish jarayoni, yangi tizimni joriy etishdagi qiyinchiliklar hamda korporativ ta’limni tashkil etish yondashuvlari haqida so‘z yuritadilar.
Spikerlar:
- Yekaterina Nurmuhamedova — TBC Uzbekistan o‘qitish va rivojlantirish bo‘limi rahbari, 15 yildan ortiq ish tajribasiga ega.
- Yekaterina Shvetsova — TBC Uzbekistan masofaviy ta’lim loyihasi rahbari. L&D sohasida besh yildan ortiq vaqt mobaynida faoliyat yuritib keladi, LMS Motivity tizimini rivojlantirish va ta’lim kontentini yaratish uchun mas’ul.
Ishtirokchilar LMS tizimini joriy etish bilan bog‘liq amaliy masalalarni, xodimlarning faolligini oshirish usullarini hamda korporativ ta’lim dasturlarini yanada rivojlantirish yo‘llarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Joylar soni cheklangan.