24-oktyabr kuni Toshkentda tadbirkorlikdagi xatolar va muvaffaqiyatsiz tajribadan olish mumkin bo‘lgan saboqlarga bag‘ishlangan Fuckup Talks uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Uch nafar tadbirkor yopilgan loyihalar, moliyaviy yo‘qotishlar, mijozlar bilan bog‘liq muammolar, xodimlarni ishga olish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdagi xatolar haqida so‘zlab beradi. Spikerlar muvaffaqiyatsizlik sabablarini tahlil qilib, kelgusida biznesni rivojlantirishga yordam bergan xulosalari bilan bo‘lishadi.

Ishtirokchilar orasida PanDev bosh direktori va hammuassisi, Forbes 30 Under 30 reytingi ishtirokchisi Madiyar Bakbergenov, 2,4 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega DOMO HomeTech va FinTech platformasi bosh direktori hamda asoschisi Alisher Tojiyev, shuningdek, taps.so va troll.uz asoschisi Umid G‘afurov bor.

Dasturdan uchta ma’ruza, ularning har biridan so‘ng savol-javob sessiyalari, shuningdek, tadbirkor va investorlar bilan netvorking o‘rin olgan.

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.