19-oktyabr kuni OSNOVA Business va ACA Uzbekistan xodimlarni boshqarishda sun’iy intellektni amaliy qo‘llashga bag‘ishlangan bepul vebinar o‘tkazadi.

Unda spiker sifatida xodimlarni boshqarish sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Intelinair kompaniyasining HR bo‘limi rahbari Anna Akulyan ishtirok etadi.

Uchrashuvda xodimlarni saralash va moslashtirish, o‘qitishni avtomatlashtirish hamda HR-ma'lumotlarni tahlil qilishda sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mutaxassis katta mablag‘ sarflamasdan yangi vositalarni joriy etishni nimadan boshlash kerakligi haqida so‘zlab beradi.

Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi hamda inson omili va tajribasi o‘rnini hech narsa bosa olmaydigan vazifalarga alohida e’tibor qaratiladi.

Ishtirok etish bepul. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.