Joriy yilning 17−21-oktyabr kunlari Parij shahrida oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bag‘ishlangan SIAL Paris 2026 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik ishtirokchilarga o‘z mahsulotlarini Made in Uzbekistan yagona milliy stendida namoyish etish taklif qilinmoqda. Ko‘rgazma yangi eksport bozorlarini izlash, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va mahsulotlarni xalqaro miqyosda ilgari surish uchun platforma vazifasini o‘taydi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ko‘rgazma maydoni ijarasi va stend qurilishi bilan bog‘liq xarajatlar “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan moliyalashtiriladi.

O‘rinlar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ariza topshirish zarur. Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish kerak: +998 71 207 04 06 (113)