19-noyabr kuni AQSH, Yaqin Sharq va Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida “O‘zbekistonga investitsiyalar: strategik sheriklik istiqbollari” mavzusida xalqaro onlayn-forum bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida ishtirokchilar O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari, iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari va xalqaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini ko‘rib chiqadilar.
Spikerlardan biri sifatida IT Park Uzbekistan’ning strategik rivojlanish bo‘yicha direktori Mahliyo Muxsinova so‘zga chiqadi. U mamlakatimiz IT-sektorining investitsiyaviy jozibadorligi, xorijiy texnologiya kompaniyalarining faoliyat yuritish sharoitlari, shuningdek, IT Park rezidentlariga taqdim etilayotgan imtiyozlar va ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida so‘zlab beradi.
Forum O‘zbekiston bozoriga kirish va strategik sheriklikni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan xalqaro investorlar, tadbirkorlar hamda kompaniyalar vakillari uchun foydali bo‘ladi.
Ingliz va xitoy tillariga sinxron tarjima ko‘zda tutilgan. Forumga Zoom’dagi havola orqali qo‘shilish mumkin.