23−26-noyabr kunlari Pokistonning Karachi shahrida oziq-ovqat sanoati va agrar sohaga bag‘ishlangan “FoodAg Pakistan 2026” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Unda 80 ta mamlakatdan 500 ta kompaniya va 850 dan ortiq xalqaro xaridor ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirga eksport imkoniyatlarini kengaytirishdan manfaatdor bo‘lgan o‘zbekistonlik tadbirkorlar ham taklif etiladi.
Ko‘rgazma doirasida ishtirokchilar xorijiy xaridorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri B2B muzokaralar o‘tkazishi, o‘z mahsulotlarini xalqaro bozorda taqdim etishi hamda savdo-investitsiyaviy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, dasturdan oziq-ovqat sanoati va agrosanoat majmuasidagi yangi tendensiyalar bilan tanishish ham o‘rin olgan.
Batafsil maʼlumot TDAP va FoodAg saytlarida mavjud. Ro‘yxatdan o‘tish va safarni tashkil etish masalalari bo‘yicha tadbirkorlar Pokistonning Toshkentdagi elchixonasiga +998 88 784 66 88 telefoni yoki tic.tashkent@commerce.gov.pk elektron pochtasi orqali murojaat qilishlari mumkin.