19−21-noyabr kunlari Toshkentda CAEx Build & Co. 2026 uchinchi xalqaro qurilish texnologiyalari va materiallari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada ishtirokchilar qurilish materiallari, zamonaviy texnologiyalar va soha uchun mo‘ljallangan yechimlarni taqdim etadilar. Tashrif buyuruvchilar ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari bilan tanishish, ta’minotchilarning takliflarini taqqoslash, hamkorlik shartlarini muhokama qilish va bevosita ko‘rgazma maydonining o‘zida buyurtmalarni rasmiylashtirish imkoniga ega bo‘ladilar.
Tadbir doirasida qurilish, arxitektura, dizayn va ko‘chmas mulk sohasi ekspertlari ishtirokida ishbilarmonlik dasturi ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Tashkilotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rgazma 80 dan ziyod eksponentni birlashtiradi. Ekspozitsiya maydoni 3 ming kv. metrni tashkil etib, unga 4 mingdan ortiq tashrif buyuruvchi kelishi kutilmoqda.
Tashrif buyurish bepul, kirish uchun oldindan ro’yxatdan o’tish va elektron chiptani olish zarur.