21-noyabr kuni Birinchi Business Club jamoat arbobi, ekofaol, O‘zbekiston Ekologiya vaziri maslahatchisi, huquqshunos va jurnalist Rasul Kusherbayev bilan ochiq biznes-nonushta tashkil etadi. Uchrashuv mavzusi — “O‘zligini saqlab qolish uchun ketish: hayotni o‘zgartiruvchi qarorlar haqida”.

Tadbir davomida spiker deputatlik mandatidan voz kechish borasidagi shaxsiy tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, ushbu qarorga kelish sabablari va uning oqibatlari haqida so‘zlab beradi.

Ishtirokchilar lavozimni tark etish, sheriklikdan chiqish yoki biznes-loyihani yakunlash vaqti kelganini qanday aniqlash mumkinligi, shuningdek, bunday qarorlarni qabul qilishda shaxsiy qadriyatlar va tanlov erkinligi qanday o‘rin tutishini muhokama qiladilar.

Ishtirok etish narxi 600 ming so‘mni tashkil etadi. Joylar soni cheklangan. Ro‘yxatdan o‘tish uchun tashkilotchilarga havola orqali murojaat qilish zarur.