23-oktyabr kuni ALPHA’da tadbirkorlik va biznesni rivojlantirishga bag‘ishlangan CEOlar turkumi doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Tadbir mehmonlari TEPLO riteyl-maydoni va festivallari asoschilari — Timur va Charos Kamolovlar bo‘ladi. Ular o‘zlarining tadbirkorlik tajribasi, loyihani raqobat muhitida rivojlantirish hamda biznesning o‘sishiga xizmat qiluvchi yechimlar haqida so‘zlab berishadi.

Ishtirokchilar g‘oyani ishlayotgan biznesga aylantirish, kompaniya rivojlanishining turli bosqichlaridagi qiyinchiliklarni yengib o‘tish va hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qiladilar. Shuningdek, qo‘shma loyihalar uchun yangi imkoniyatlarni topish va biznesning o‘ziga xosligini saqlab qolishga alohida e’tibor qaratiladi.

Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tadi. Mehmonlar spikerlarga savollar berishlari hamda o‘z tadbirkorlik tajribalaridagi amaliy holatlarni muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi. Ma’ruzaga ALPHA bosh direktori Alisher Jumaniyazov moderatorlik qiladi.

Ishtirok etish bepul, joylar soni cheklangan. Tashrif buyurish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.