15-oktyabr kuni ALPHA’da bank biznesi va mijozlar tajribasi transformatsiyasiga bag‘ishlangan ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda servis modellari va savdo kanallari dizayni bo‘yicha ekspert, IDNT kompaniyasi bosh direktori (CEO) Mikola Chumak ma’ruza qiladi. Mazkur kompaniya 20 yildan ortiq vaqt davomida banklar, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari uchun servis modellari hamda savdo nuqtalari formatlarini ishlab chiqib kelmoqda. Uning mijozlari safida Toyota, Samsung, OTP Bank, Beeline, Texnomart, Korzinka va boshqalar bor.
Uchrashuvda bank mijozlarining talab va ehtiyojlari qanday o‘zgarayotgani, nima sababdan moliya muassasalari alohida mahsulotlarni sotishdan foydalanuvchilar muammolarini kompleks hal qilishga o‘tayotgani hamda raqamli davrda bank filiallari qanday vazifani bajarishi lozimligi muhokama qilinadi.
Barcha xizmat ko‘rsatish kanallarida yagona mijoz tajribasini shakllantirish, bank ekotizimlarini rivojlantirish hamda O‘zbekiston bozorida qo‘llash mumkin bo‘lgan xalqaro amaliyotlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Joylar soni cheklangan.