17-oktyabr kuni Process Communication Model (PCM) xalqaro kommunikatsiya modeliga bag‘ishlangan ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tadi. Tadbir ALPHA hamda PCM’ning rasmiy distribyutori Sensemakers hamkorligi doirasida tashkil etilmoqda.
PCM amerikalik psixolog Taybi Keler tomonidan ishlab chiqilgan. Model oltita shaxsiyat turini hamda ularning muloqot, motivatsiya va stressga bo‘lgan munosabati xususiyatlarini tavsiflaydi. Turli vaqtlarda undan NASA astronavtlarni tayyorlashda, shuningdek, L’Oréal, Airbus, IKEA va Pixar kabi xalqaro kompaniyalar foydalangan.
Ma’ruzada ishtirokchilar suhbatdoshlarning muloqot xususiyatlarini aniqlash, hamkasblar va mijozlarning ehtiyojlarini tushunish, nizolarning ilk belgilarini payqash hamda muloqot uslubini turli auditoriyalarga moslashtirishni o‘rganadilar.
Uchrashuv tadbirkorlar, rahbarlar, HR mutaxassislari, sotuv menejerlari va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qiziquvchi barcha uchun foydali bo‘ladi.
Spiker sifatida PCM sertifikatlangan treneri, Sensemakers hamda SKOLKOVO boshqaruv maktabi hammuassisi Gor Naxapetyan chiqish qiladi.
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.