27-noyabr kuni Toshkentdagi ALPHA maydonchasida HR kasbi va uning biznes rivojidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan bepul ochiq ma’ruza bo‘lib o‘tadi.
Spiker sifatida ANORBANK xodimlarni saralash, moslashtirish va o‘qitish boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Inoyatxo‘jayev ishtirok etadi. Uchrashuv davomida qatnashchilar HR mutaxassislari qanday vazifalarni hal etishi, ularning faoliyati kompaniya rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatishi hamda xodimlarni boshqarish qaysi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olishini bilib oladilar.
Ma’ruza dasturidan quyidagilar o‘rin olgan:
- HRning asosiy funksiyalari va uning biznesdagi o‘rni;
- xodimlarni saralash, moslashtirish, o‘qitish va rivojlantirish;
- HR mutaxassislari hal qiladigan biznes vazifalar;
- kasbdagi ilk qadamlar va karyeraviy o‘sish imkoniyatlari.
Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.