26 noyabr kuni Toshkentda Xalqaro ko‘chmas mulk federatsiyasining mintaqaviy vakolatxonasi — FIABCI Central Asia tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston tijorat ko‘chmas mulki | Development va boshqaruv” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir bozorning dolzarb tendensiyalari va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida developerlar, tijorat ko‘chmas mulki egalari va boshqaruv kompaniyalari vakillarini birlashtiradi.
Konferensiya davomida ekspertlar tijorat ko‘chmas mulkining talab yuqori bo‘lgan formatlarini, obyektlarni development bosqichida rejalashtirish xususiyatlarini hamda ulardan kelgusida foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi yechimlarni ko‘rib chiqadilar. Ofis, savdo va ombor segmentlarini rivojlantirishga, ko‘chmas mulkni boshqarish bo‘yicha amaliy keyslarga hamda bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, konferensiya tajriba almashish, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va O‘zbekistondagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qilish uchun maydonga aylanadi.
Ishtirok etish qiymati $150 ni tashkil etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola orqali shaklni to‘ldirish zarur.