13-oktyabr kuni Toshkentda ilk bor Women in Tech Leadership Forum Uzbekistan 2026 bo‘lib o‘tadi. Mazkur forum ayol rahbarlar, texnologik kompaniyalar asoschilari, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar vakillarini bir davraga jamlaydi.

Forumning bosh mavzusi — Building the Big Future (“Katta kelajakni yaratib”). Unda sun’iy intellektni rivojlantirish va tartibga solish, robototexnika, uchuvchisiz texnologiyalar, mehnat bozori transformatsiyasi hamda mutaxassislarni kelajak kasblariga tayyorlash masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, raqamli moliya, sog‘liqni saqlashdagi texnologiyalar va xalqaro hamkorlikda texnologik diplomatiyaning roliga alohida e’tibor qaratiladi.

Tadbirda 10 ta mamlakatdan 15 dan ortiq spiker hamda 250 dan ziyod mehmon ishtirok etishi kutilmoqda. Forum Kavkaz va Markaziy Osiyoning texnologiya sohasidagi xotin-qizlar yutuqlarini e’tirof etuvchi Women in Tech CCA Awards taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi.

Ishtirok etish bepul, joylar soni esa cheklangan. Qatnashish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim.