14-oktyabr kuni Toshkentda Kontent o‘sish vositasi sifatida: biznesni rivojlantirishda Reels’dan qanday foydalanish kerak mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda XD CREW va Mated platformasi asoschisi, kreativ hamda Reels-prodyuser Xon Muhammad Ali spikerlik qiladi. U yetti yildan ortiq vaqtdan beri kontent yaratish, SMM va kreativ prodyuserlik sohasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Tashkilotchilarning ma’lumot berishicha, uning keyslari qatorida biznes-akkaunt auditoriyasini uch oyda 40 ming obunachiga yetkazish hamda shaxsiy brend auditoriyasini bir yil ichida 250 mingdan ortiq obunachiga ko‘paytirish kabi natijalar mavjud.

Mahorat darsida ishtirokchilar auditoriya e’tiborini jalb qilish, brendning o‘ziga xos jihatlarini ochib berish va biznesga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladigan Reels olish usullari bilan tanishadilar.

Ijtimoiy tarmoqlarda tizimli rivojlanish uchun kontent-strategiya, kreativ yechimlar va videoprodakshn uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratiladi.

Ishtirok etish narxi 250 ming so‘mni tashkil etadi. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.