22-oktyabr kuni Berlinda O‘zbekiston texnologiya sektori va Yevropa biznesi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan Uzbekistan Outsourcing Conference anjumani bo‘lib o‘tadi.
Anjumanda mamlakatimizning IT-autsorsing va BPO uchun platforma sifatidagi imkoniyatlari taqdim etiladi. Ishtirokchilar malakali mutaxassislarni jalb qilish, raqobatbardosh operatsion xarajatlar va biznesni xalqaro miqyosda kengaytirish istiqbollarini muhokama qiladi.
Tadbir IT, BPO, konsalting, marketing va o‘yinlar ishlab chiqish sohasidagi kompaniyalar rahbarlari, shuningdek, investorlar hamda maslahatchilarga mo‘ljallangan. Ishtirokchilar O‘zbekiston bozoriga kirish shartlari, mamlakatda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar tajribasi bilan tanishish va texnologik ekotizim vakillari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.