24−25-oktyabr kunlari Toshkentda kiberxavfsizlik bo‘yicha ikki kunlik xakaton bo‘lib o‘tadi. Jamoalar g‘oyadan ishchi prototipgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishlari va ishlab chiqqan yechimlarini himoya qilishlari kerak bo‘ladi.
Ta’lim qismida Uzum va OFFBOX kompaniyalarining axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislari ma’ruzalar o‘qishadi va amaliy tajribalari bilan bo‘lishishadi. Xakaton davomida jamoalar bilan mentorlar ham ishlaydi.
Xakatonda 3−5 kishilik jamoalar hamda yakka tartibdagi ishtirokchilar qatnashishi mumkin, tashkilotchilar ularga jamoadosh topishda yordam berishadi. Shuningdek, rezyume bo‘yicha Uzum rekruterlari bilan maslahatlashish imkoniyati ham bo‘ladi, eng yaxshi ishtirokchilar esa kompaniyada amaliyot o‘tash bo‘yicha tanlovning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.
Sovrin jamg‘armasi 60 mln so‘mni tashkil etadi: birinchi o‘rinni egallagan jamoa 30 mln so‘m, ikkinchi o‘rin — 20 mln so‘m va uchinchi o‘rin — 10 mln so‘m oladi.
Arizalar 2026-yilning 10 oktabriga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oldindan xakaton saytida ariza topshirish talab etiladi.