22-oktyabr kuni Toshkentda investitsiyalarni jalb qilish va texnologik startaplarni rivojlantirishga bag‘ishlangan “From Pitch to Investment” mitapi bo‘lib o‘tadi.

Spiker sifatida PanDev bosh direktori va hammuassisi, Forbes 30 Under 30 reytingi ishtirokchisi Madiyar Bakbergenov so‘zga chiqadi. Kompaniya MOST Accelerator Fund portfeliga kiradi va yaqinda BGlobal Ventures bilan strategik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi.

Uchrashuvda Bakbergenov startapni mablag‘ jalb qilishga qanday tayyorlash, investitsion taqdimotni qanday shakllantirish hamda potensial investorlar bilan pitchdan amaliy muzokaralarga o‘tish haqida so‘zlab beradi.

Shuningdek, investorlar tomonidan startaplarni baholash mezonlari, biznesni kengaytirishda strategik hamkorlikning o‘rni va Qozog‘iston kompaniyasini xalqaro bozorda rivojlantirish tajribasiga alohida e’tibor qaratiladi.

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.