10−13-noyabr kunlari Qozon shahrida qurilish materiallari, texnologiyalari va uskunalari ko‘rgazmasi hamda soha vakillari uchun ishbilarmonlik dasturini o‘zida jamlagan “BRICS qurilish haftaligi” bo‘lib o‘tadi.
Unda Rossiya, BRICS mamlakatlari, MDH, Turkiya va boshqa davlatlardan 100 dan ortiq kompaniya ishtirok etishi kutilmoqda. Tashkilotchilarning prognozlariga ko‘ra, tadbirga 50 mingdan ziyod mutaxassis tashrif buyuradi.
Ko‘rgazmada zamonaviy qurilish materiallari, uskunalar va texnologik yechimlar namoyish etiladi. Ishtirokchilar ishlab chiqaruvchilar hamda yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish, qo‘shma loyihalarni muhokama qilish va o‘zaro tajriba almashish imkoniga ega bo‘ladi.
Ishbilarmonlik dasturidan REBUS 2026 xalqaro forumi, BRICS Property Awards Russia taqdirlash marosimi va boshqa sohaviy tadbirlar ham o‘rin oladi. Tadbirga qurilish sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan o‘zbekistonlik tadbirkorlar taklif etiladi.
Batafsil ma’lumot rasmiy saytda mavjud. Ro‘yxatdan o‘tish va ishtirok etish shartlariga aniqlik kiritish uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilish mumkin: +998 91 192 14 44.