O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarni 14−16-oktyabr kunlari Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan BakuBuild 2026 xalqaro qurilish ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif qiladi.

Ishtirokchilar Made in Uzbekistan milliy stendi doirasida o‘z mahsulotlari va yechimlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi

BakuBuild qurilish sohasidagi eng yirik xalqaro ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi va qurilish materiallari, muhandislik yechimlari, arxitektura, qurilish texnikasi, interyer hamda zamonaviy qurilish texnologiyalari kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Ko‘rgazma doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yangi ishbilarmon sheriklar topishga qaratilgan B2B va B2G formatlaridagi uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 90 979 11 11