14-oktyabr kuni Toshkentda an’anaviy boshqaruv modellaridan Agile yondashuvlariga o‘tishga bag‘ishlangan “Ichki transformatsiya: o‘zgarishlar amalda qanday ishlaydi” mavzusida mitap bo‘lib o‘tadi.

Ipoteka Bank OTP Group vakillari bank transformatsiyasi tajribasi, Agile amaliyotlarini tatbiq etish uchun zarur shart-sharoitlar va mahsulotlarni boshqarishdagi o‘zgarishlar haqida so‘zlab berishadi. Tadbirda ta’minotsiz kreditlash yo‘nalishi direktori Nikita Muxin va Agile-transformatsiya ofisi direktori Anatoliy Martinov ma’ruzachi sifatida chiqish qiladilar.

Agile Lab Consulting ekspertlari tashkilotni o‘zgarishlarga tayyorlash bosqichlari, xodimlarning qarshiligini yengib o‘tish usullari hamda jamoalarni boshqarishda Management 3.0 vositalarini ko‘rib chiqadilar.

Agile Lab Consulting bosh direktori (CEO) hamda kompaniyaning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha ofisi rahbari Anton Ivanov, shuningdek, Agile ko‘lamini kengaytirish amaliyoti rahbari Andrey Dvoretskiy o‘z tajribalari bilan bo‘lishadilar.

Ishtirokchilar yangi boshqaruv modeliga o‘tish jarayonini qanday yo‘lga qo‘yish va o‘zgarishlarni kundalik biznes-jarayonlarga qay tarzda singdirish masalalarini muhokama qiladilar.

Ishtirok etish bepul, joylar soni cheklangan. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.