7−13 oktyabr kunlari Kobul shahrida Imom Abu Hanifa nomidagi beshinchi milliy va xalqaro ko‘rgazma va savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston kompaniyalari Made in Uzbekistan yagona stendi ostida ishtirok etishga taklif qilinadi.
Ko‘rgazmada oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, elektrotexnika, qurilish materiallari va yechimlari, to‘qimachilik, gigiyena va sog‘liqni saqlash tovarlari namoyish etiladi. Boshqa yo‘nalishlar qatorida transport va logistika ham bor.
Ishtirok etish uchun arizalar 25-sentyabrgacha qabul qilinadi, joylar soni cheklangan. Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 91 512 58 46 va +998 97 792 50 05 telefon raqamlari orqali olish mumkin.