28-oktyabr kuni Toshkentda ALPHA tomonidan sun’iy intellekt, uning imkoniyatlari va zamonaviy dunyoga ta’siriga bag‘ishlangan AI Talks turkumining ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruza mavzusi “Insoniyatorti: holat, pozitsiya, loyiha” bo‘ladi. Ishtirokchilar texnologiyalar rivoji inson tabiati, uning jamiyatdagi o‘rni va insoniyat kelajagi haqidagi tasavvurlarni qanday o‘zgartirayotganini ko‘rib chiqadilar. Uchrashuv doirasida texnika falsafasining asosiy g‘oyalari hamda inson kelajagiga oid ikki yondashuv: “Tuhfa etikasi” va “Inson loyiha sifatida” muhokama qilinadi.

Aristotel, Dekart, Xaydegger, Solovyov, Vernadskiy, Xabermas va Piter Tilning inson, texnologiyalar hamda ijtimoiy taraqqiyot haqidagi qarashlariga alohida e’tibor qaratiladi.

Spiker sifatida texnologik tadbirkor va O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisining sun’iy intellektni joriy etish masalalari bo‘yicha maslahatchisi **Bulat G‘aniyev** so‘zga chiqadi.

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.