24-oktyabr kuni Toshkentda “O‘zim yashayotgan hayot tarzini sotaman: IRONMAN shaxsiy amaliyoti qanday qilib Deepen biznes modeliga aylandi” mavzusida ProBusiness biznes-nonushtasi bo‘lib o‘tadi. Spiker sifatida texnologiya, fitnes, korporativ wellness-dasturlar va hamfikrlar hamjamiyatini birlashtirgan Deepen Ecosystem asoschisi Farhod Furkatov ishtirok etadi.
Furkatov tadbirkorlik hamda O‘zbekiston, AQSH va Buyuk Britaniya kabi xalqaro bozorlarda texnologik mahsulotlarni ishga tushirish bo‘yicha 10 yildan ortiq tajribaga ega. Shuningdek, u Kremniy vodiysidagi Draper University’ning tadbirkorlik dasturi bitiruvchisi hisoblanadi.
Tadbirkor oltita IRONMAN musobaqasi va Sahroyi Kabirdagi Marathon des Sables ultramarafonida marraga yetib borgan.
Uchrashuvda spiker shaxsiy qiziqishlar asosida biznes yaratish tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, Deepen Ecosystem rivoji hamda tadbirkorlikni professional sport bilan uyg‘unlashtirish haqida so‘zlab beradi.
Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.