3-noyabr kuni Toshkentda marketpleysda biznesni rivojlantirish va elektron tijorat imkoniyatlariga bag‘ishlangan ilk Ozon Come On Forum konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Konferensiyada Ozon kompaniyasining MDH mamlakatlari bo‘yicha bosh direktori Natalya Boyer kompaniyaning O‘zbekistondagi rejalari haqida so‘zlab beradi.

Marketpleys ekspertlari va taklif etilgan spikerlar tushumni oshirish, ikki mamlakatda savdoni yo‘lga qo‘yish hamda biznesni rivojlantirishda platforma imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalari bilan bo‘lishadi.

Soliqqa tortish masalalariga, jumladan, amaldagi qoidalar va 2027-yilda inobatga olinishi zarur bo‘lgan o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratiladi.

Ishtirok etish bepul. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.