30-oktyabr kuni Toshkentda ALPHA tomonidan tashkil etilayotgan “Sun'iy intellektga asoslangan yetakchilik va kelajak strategiyalari” mavzusida AI Talks ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda Stenford universiteti kursining asosiy g‘oyalari va sun’iy intellektni boshqaruv jarayonlariga integratsiya qilishning amaliy yondashuvlari ko‘rib chiqiladi.

Ishtirokchilar sun’iy intellektni joriy etishni biznes maqsadlari bilan qanday bog‘lash, kompaniyaning texnologik imkoniyatlarini baholash hamda qaror qabul qilishda generativ sun’iy intellekt va prediktiv tahlildan foydalanishni o‘rganadilar. Xodimlarni tayyorlash, korporativ madaniyatni rivojlantirish va tashkilotda sun’iy intellektni joriy etish strategiyasini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Tadbirda Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi (AICA) maslahatchisi Zurriyot Ismoilov spiker sifatida ishtirok etadi.

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.