27−29-oktyabr kunlari Toshkentda Iteca Exhibitions tomonidan tashkil etilayotgan Tog‘-kon ishi, metallurgiya va metallga ishlov berish — MiningMetals Uzbekistan 2026 20-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmada 19 ta mamlakatdan 163 ta kompaniya va brend ishtirok etadi. Ular tog‘-kon sanoati, metallurgiya hamda metallga ishlov berish uchun mo‘ljallangan uskunalar, texnologik yechimlar va innovatsiyalarni namoyish etadi. Tashrif buyuruvchilar soha yangiliklari bilan tanishish, ishlab chiqaruvchilarning takliflarini taqqoslash, yetkazib beruvchi va distribyutorlarni topish, shuningdek, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ishbilarmonlik dasturi doirasida 27−28-oktyabr kunlari 19 ta davlat ekspertlari ishtirokida 8-O‘zbekiston xalqaro tog‘-kon va metallurgiya forumi — UIMF 2026 bo‘lib o‘tadi. Forum sohaning dolzarb masalalarini muhokama qilish hamda davlat va biznes o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish uchun samarali maydonga aylanadi.
Tadbirlarning bosh hamkori — O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK). Ko‘rgazmaga kirish uchun oldindan onlayn-beyj olish zarur.