14-noyabr kuni Toshkentda Murad Buildings developerlik kompaniyasi asoschisi Murod Nazarov ishtirokida Birinchi Business Club ochiq biznes-nonushtasi bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv davomida tadbirkor o‘zining kasbiy faoliyati, biznesdagi muhim qarorlari va kompaniyani rivojlantirish tajribasi haqida so‘zlab beradi.
Ishtirokchilar spiker bilan tadbirkorlik masalalarini muhokama qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish yondashuvlari bilan tanishish hamda uning shaxsiy tajribasiga asoslangan tavsiyalarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Uchrashuvga Birinchi Business Club hammuassisi Laziz Adhamov moderatorlik qiladi. Shuningdek, dasturda Murod Nazarovga shaxsan savol berish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Klub rezidentlari uchun ishtirok etish narxi 400 ming so‘mni tashkil etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun tashkilotchilarga havola orqali murojaat qilish zarur.