10−12-noyabr kunlari Dubayda avtomobil ehtiyot qismlari, uskunalari va transportga texnik xizmat ko‘rsatish texnologiyalariga bag‘ishlangan Automechanika Dubai 2026 xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik tadbirkorlar ko‘rgazmada Made in Uzbekistan milliy stendi doirasida ishtirok etishga taklif etiladi.

Tadbirda 50 dan ortiq davlatdan 1200 dan ziyod eksponent qatnashishi kutilmoqda. Ko‘rgazma kompaniyalarga o‘z mahsulotlarini xalqaro auditoriyaga taqdim etish, potensial hamkorlarni topish hamda Yaqin Sharq va Afrika bozorlariga chiqish istiqbollarini o‘rganish imkoniyatini beradi.

Ko‘rgazmaning asosiy yo‘nalishlari avtomobil ehtiyot va butlovchi qismlari, avtoelektronika, shinalar, disklar, akkumulyatorlar, diagnostika va ta’mirlash uskunalarini qamrab oladi. Shuningdek, avtoservislar, kuzovni ta’mirlash, avtomobillarni bo‘yash uchun yechimlar hamda raqamli texnologiyalar namoyish etiladi.

Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish lozim. Qo‘shimcha maʼlumotlarni +998 71 207 04 06 (ichki 113) telefoni orqali olish mumkin.