8-noyabr kuni Toshkentda O‘zbekistonda Wildberries raqamli ekotizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan YARD Business Club ochiq biznes-nonushtasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Wildberries Uzbekistan bosh direktori Akmal Primqulov spiker sifatida ishtirok etadi. U kompaniyaning rivojlanishi, turli biznes yo‘nalishlarini birlashtirish hamda kengayish uchun zarur bo‘lgan strategik yechimlar haqida so‘zlab beradi.
Ishtirokchilar marketpleyslar, fintex va boshqa raqamli xizmatlarning bozor rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, ekotizimli yondashuv tadbirkorlar hamda mahalliy kompaniyalar uchun qanday imkoniyatlar yaratishini muhokama qiladilar.
Uchrashuvga YARD Business Club va Unique Present Media Holding asoschisi Arsen Dlyanchev moderatorlik qiladi.
Ishtirok etish narxi 500 ming so‘m, joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.