7-noyabr kuni UZUMFERMER oilaviy vinochilik xo‘jaligi hamda enoturistik majmuasi asoschisi Rashid Axunov bilan “G‘oyadan noyob biznesgacha: raqobatchilarniki bilan adashtirib bo‘lmaydigan mahsulotni qanday yaratish mumkin” mavzusida ProBusiness biznes-nonushtasi bo‘lib o‘tadi.
Spiker vinochilik va turizmni o‘zida birlashtirgan UZUMFERMERning yaratilish tarixi haqida so‘zlab beradi, shuningdek, o‘z brendini rivojlantirish tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.
Uchrashuv doirasida ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, raqobatdagi ustunliklarni shakllantirish va noyob mahsulotni targ‘ib qilish yondashuvlari muhokama qilinadi. Biznes iqtisodiyotiga, jumladan, dastlabki investitsiyalar, o‘zini oqlash muddatlari, tadbirkorlikdagi xatolar va biznesni kengaytirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, Rashid Axunov 20 gektar maydondagi uzumzorni hamda yiliga 100 ming shishagacha quvvatga ega ishlab chiqarishni boshqarish tajribasi bilan bo‘lishadi.
Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.